Butun Bryussel bo‘ylab politsiya shubhali o‘ram va sumkalarni yo‘q qilmoqda. Bu haqda RTBF telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“Bryusseldagi portlashlardan so‘ng shubhali buyumlar haqidagi xabarlar soni bir necha martaga oshdi. Politsiya Bryusselning turli tumanlarida, jumladan, Lua ko‘chasi, Jeneral Jak xiyoboni, Bryussel aeroporti va Bryussel erkinlik universiteti kampusida bir qator shubhali buyumlarni portlatish orqali yo‘q qildi. Ko‘pchilik fuqarolar bu portlashlarni yangi terakt sifatida gumon qilmoqda”, — deyiladi telekanal xabarida.
Bryusseldagi teraktlar
Bryusseldagi portlashlar. Belgiya poytaxtiga uyushtirilgan hujum haqida nimalar ma’lum?
Izoh (0)