Madridning “Real” jamoasi darvozaboni Keylor Navas “Sevilya”ga qarshi (4:0) Ispaniya chempionati 30-turida penaltini qaytarib, klubning sobiq posboni Iker Kasilyasning rekordini takrorladi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Navas uchrashuvning 27-daqiqasida Kevin Gameyro tomonidan amalga oshirilgan 11 metrlik jarima zarbasini qaytarib, joriy mavsumda Ispaniya chempionati doirasida qaytarilgan penaltilar sonini uchtaga yetkazdi. Shu tariqa, Kosta-rikalik futbolchi 2008/09-yillarda Iker Kasilyas qayd etgan rekordni takrorladi.
Qayd etish kerakki, 29 yoshli darvozabon joriy mavsumda faqatgina “Valensiya” hujumchisi Dani Parexo tomonidan amalga oshirilgan penaltini qaytara olmagan.
Izoh (0)