Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining “Vilyarreal” va “Barselona” o‘yiniga tushgan muxlisalardan biriga mehmonlar hujumchisi Lionel Messining zarbasidan so‘ng shifokorlar yordami kerak bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Messi uzoq masofadan zarba berdi, lekin to‘p darvozaga emas, ishqibozlar orasida bo‘lgan qizning yuziga borib tegdi. Argentinalikning zarbasi shunchalik kuchli bo‘ldiki, unga tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri keldi: u o‘rnini tark etayotib, hushidan ketdi. Le Figaro ma’lumotiga ko‘ra, qizning salomatligiga jiddiy zarar yetmagan.
Kataloniya klubi “Vilyarreal” bilan durang (2:2) o‘ynab, milliy birinchilikdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 23 o‘yinga yetkazdi (barcha turnirlarda 39). “Barselona” o‘zining eng yaqin ta’qibchisi — Madridning “Atletiko” klubidan 9 ochkoga ilgarilab ketdi.
Izoh (0)