Shveysariyaning Nyon shahrida 18-mart, juma kuni Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, “Barselona” jamoasi Madridning “Atletiko” klubiga qarshi bahs olib boradi. Kataloniyaliklar ustozi Luis Enrike bo‘lajak o‘yinlarda jamoasining ustunligi haqida gapirib o‘tdi, deb xabar beradi “Chempionat.com”.
“Avvalgi tajribadan kelib chiqqan holda, qiyin raqib bilan bahs olib borishimizga to‘g‘ri keladi. To‘qnashuvning ijobiy tomoni shundaki, biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Chempionlar Ligasida Ispaniya klublariga qarshi o‘ynash yoqmaydi, lekin bu ham yomon emas. ‘Barselona’ musobaqa yarim finaliga chiqsa, qaysi jamoa bilan to‘qnash kelishini bilaman: bu qiyin jamoa bo‘ladi”, – deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 5-aprel kuni, “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa 13-aprel kuni, Madriddagi “Visente Kalderon” stadionida o‘tkaziladi.
Izoh (0)