Toshkent shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ITF turkumiga kiruvchi, o‘smirlar o‘rtasidagi Tashkent ITF Juniors tennis musobaqasi o‘z nihoyasiga yetib bormoqda.
“Sports.uz”ning xabar berishicha, o‘zbekistonlik tandem Humoyun Sultonov va Sharobiddin Abzalov juftliklar bahsi finalida britaniyalik Jeyms Devis va Mettyu Sammersga qarshi kortga chiqib, 7:6, 4:6, 10:5 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasidagi juftliklar bahsi finalida esa rossiyalik duet Yekaterina Kazionova va Tatyana Makarova g‘olib deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, yakkalik bahslarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik tennischilar Humoyun Sultonov va Jo‘rabek Karimov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)