Kecha, 18-mart kuni Shveysariyaning Nyon shahrida Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijasiga ko‘ra, “Barselona” klubi chorak finalda “Atletiko”ga qarshi bahs olib boradi. “Atletiko” direktori Klemente Villaverde bo‘lajak o‘yinlar oldidan o‘z fikrini bildirdi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
“Qur’aga ko‘ra, raqibimiz ‘Barselona’ bo‘ldi va biz buni qabul qilamiz. Kataloniyaliklarga qarshi kurashish kerak, imkoniyatlarimiz 50 ga 50. Ispaniya chempionatida qanchalik kuchli ekanimizni ko‘rsatdik. Barcha raqiblar qiyin. Ularni hurmat qilib, bor mahoratimizni ko‘rsatishimiz kerak”, – deydi Klemente Villaverde.
Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 5-aprel kuni, “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa 13-aprel kuni, Madriddagi “Visente Kalderon” stadionida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid:
Izoh (0)