AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter mamlakat yaqinda ro‘baro‘ bo‘ladigan besh asosiy tahdidni sanab o‘tdi. Bular Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya, Eron va xalqaro terrorchilikdir, deb xabar beradi Meduza.
Pentagon rahbarining fikricha, aynan shu tahdidlar idoraning 2017-yilgi budjetini rejalashtirishda bosh omil bo‘lib xizmat qiladi. Vazirlik keyingi yil uchun asosiy budjetga 582,7 milliard dollar, chet el operatsiyalariga 58,8 milliard dollar ajratilishini so‘ramoqda.
Karterning uqtirishicha, Rossiya va Xitoyda mavjud mudofaa tizimlari AQShni ayrim mintaqalarda ustunlikdan mahrum qilishi mumkin, shu bois ular Vashingtonning eng asosiy raqiblari hisoblanmoqda.
Izoh (0)