Kecha, 17-mart kuni Toshkent shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ITF turkumidagi Tashkent ITF Juniors tennis musobaqasining chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Musobaqaning birinchi raketkasi sifatida e’tirof etilgan o‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov chorak finalda rossiyalik Mixail Sokolovskiyga qarshi bahs olib bordi va 6:4, 6:3 hisobida zafar quchib, yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Yana bir o‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov chorak final bahsida latviyalik Rudolf Mednisga qarshi kortga chiqdi. Unda 6:1, 6:3 hisobi qayd etilib, o‘zbekistonlik tennischining foydasiga hal bo‘ldi. Humoyun Sultonov ham yarim finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Karimov birinchi davrada Janubiy koreyalik Yongseok Jongni 6:2, 6:0, ikkinchi davrada esa belaruslik Aleksandr Leonenkoni 6:2, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Humoyun Sultonov chorak finalga qadar britaniyalik Lyuis Nyumanni 6:1, 6:3 hamda fransiyalik Kleman Taburni 6:1, 6:2 hisobida taslim qilgan edi.
Tashkent ITF Juniors (G2). Chorak final natijalari
Jo‘rabek Karimov (O‘zbekiston, 1) – Mixail Sokolovskiy (Rossiya, 5) - 6:4, 6:3Humoyun Sultonov (O‘zbekiston, 2) – Rudolf Mednis (Latviya, 7) - 6:1, 6:3
Elister Grey (Buyuk Britaniya, 4) – Ben Dreyper (Buyuk Britaniya) - 6:7, 6:4, 7:6
Finn Bass (Buyuk Britaniya, 6) – Jek Molloy (Buyuk Britaniya) - 7:6, 6:1
Izoh (0)