Rothschild Group konserni Rossiyadagi operatsiyalar hajmini oshirmoqchi va shu munosabat bilan yaqinda qo‘shimcha personal to‘plash ishlarini boshlab yuboradi, deb xabar bermoqda Reuters.
Rothschild’ning Rossiya va MDH bo‘linmasi rahbari Jovanni Salvettining so‘zlariga qaraganda, kompaniya qarzlarni restrukturizatsiya qilish, shuningdek, aktivlar savdosi va ayirboshida daromad ko‘rishni rejalashtirmoqda.
U Rossiyada restrukturizatsiya to‘lqini keyingi yil o‘rtalariga qadar davom etishini ta’kidladi. Shundan so‘ng biznes istiqbollari qorong‘ilashib, energiya manbalari narxiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Bugun Rothschild’ning Rossiyadagi vakolatxonasida moliyaviy maslahatchilar guruhi to‘qqiz bankirdan iborat bo‘lib, ularning bir qismi Deutsche Bank’dan muassasa Rossiyadagi operatsiyalari hajmini qisqartirganidan so‘ng yollangan.
Izoh (0)