Isroilning “Mossad” tashqi razvedka xizmati sobiq direktori Meir Dagan 71 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda The Jerusalem Post nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Mossad” matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada aytilishicha, Dagan saraton xastaligiga qarshi kurashib kelgan.
Bosh vazir Binyamin Netanyaxu siyosatini ko‘p bora tanqid ostiga olgani bilan mashhur Dagan razvedka xizmatiga 2002–2011-yillarda boshchilik qilgan.
Izoh (0)