Singapurning Changi aeroporti ketma-ket to‘rtinchi marta Skytrax World Airline Awards — aviatashishlar sohasidagi “Oskar”ni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “National Geographic Rossiya” xabar beradi.
Ushbu mukofot har yili Britaniyaning Skytrax tadqiqotchi kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi.
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari o‘nligidan quyidagi aeroportlar o‘rin oldi:
- Changi (Singapur)
- Inchxon (Janubiy Koreya)
- Myunxen xalqaro aeroporti (Germaniya)
- Xaneda (Tokio, Yaponiya)
- Gonkong xalqaro aeroporti
- Tyubu xalqaro aeroporti (Yaponiya)
- Syurix xalqaro aeroporti (Shveysariya)
- Xitrou (London, Angliya)
- Kansay (Yaponiya)
- Hamad (Doha, Qatar)
Izoh (0)