Pokiston shimoli-g‘arbida yuz bergan avtobusdagi portlash oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Vedomosti” xabar beradi.
Portlash Afg‘oniston bilan chegaradosh Peshovar shahrida yuz bergan. Avtobus Peshovar shahrining chekka qismidagi davlat ishchilarini shaharga ishga olib borayotgan bo‘lgan.Mahalliy politsiya vakilining ma’lum qilishicha, portlovchi qurilmaning avtobus ichkarisiga o‘rnatilgan bo‘lishi ehtimoli mavjud. U, shuningdek, avtobusda 40—50 kishi bo‘lganligini ta’kidlab o‘tgan.
Izoh (0)