Xalqaro valyuta jamg‘armasi Keniya uchun ikki yilga mo‘ljallangan 1,5 milliard dollarlik oldini oluvchi kreditlar dasturini ochdi. Bu haqda tashkilot press-reliziga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Keniya hozirdanoq jami summaning 757,5 million dollaridan foydalanishi mumkin. Mablag‘ning qolgan qismi to‘rtta transhga bo‘linib, ularning har biridan har yarim yilda vaziyat baholangandan so‘ng foydalanish uchun ruxsat beriladi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi kelgusi ikki yilda Keniyadagi budjet taqchilligi uch foizga qisqarishini kutmoqda.
Izoh (0)