Boliviyada “El-Ninyo” tabiat hodisasi o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon 19 kishini hayotdan olib ketdi, 60 mingdan ortiq oilaning mulkiga ziyon yetkazdi. Bu haqda Janubiy Amerika mamlakati mudofaa vaziri Reymi Ferreyra bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Bugungi kunga kelib hodisa natijasida 19 kishi halok bo‘lgan. 60 mingga yaqin oila jabrlangan, 30 ming gektar qishloq xo‘jalik yeri va 15 mingdan kam bo‘lmagan qoramol yo‘q bo‘lgan”, — deb ta’kidladi vazir.
Oxirgi kunlarda qurbonlar soni uch kishiga ortgan. Ularni La-Pas departamentidagi suv oqimi oqizib ketgan.
Tabiiy ofat oqibatida eng ko‘p La-Pas, Kochabamba, Chukisaka va Santa-Krus departamentlari jabrlangan.
Izoh (0)