“Barselona” klubi hujumchisi Neymar singlisi Rafaella Bekranning tug‘ilgan kuni sharafiga tashkil etilgan ziyofatda ishtirok etish uchun Braziliyaga bordi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Buning uchun Braziliya terma jamoasi yetakchisi shaxsan “Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike hamda jamoa direktorlar kengashining to‘rt nafar a’zosidan rasmiy ruxsat so‘ragan. Enrike va boshqa mutasaddilar Neymarning iltimosini qondirdi.
Rafaella oila a’zolari va do‘stlari davrasida o‘zining 20-bahorini nishonladi. Ushbu oqshom San-Paulu shahrida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar Ispaniya chempionati doirasida yig‘ilib qolgan sariq kartochkalari tufayli bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi. 24 yoshli futbolchi diskvalifikatsiyasidan unumli foydalanish maqsadida singlisining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun Braziliyaga kelgan.
Izoh (0)