“Barselona” jamoasi himoyachisi Xavyer Maskerano penalti tepmasligi hamda katalon klubi uchun kiritilgan gol katta ahamiyatga ega emasligi haqida aytib o‘tdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Klubda gol urmaslik bo‘yicha rekord? Men allaqachon bu borada Raysigerdan o‘tib ketganman. Gol men uchun katta ahamiyatga ega emas va u mening hayotimni o‘zgartirmaydi. Har qanday holatda ham penalti tepmayman”, — dedi Maskerano.
Avvalroq, “Barselona” himoyachisi Pike jamoadoshi Maskeranoga penaltini amalga oshirishni taklif qilgandi, biroq Maskerano rad jabovini bergan. Shuningdek, Pike 2010-yilda “Barselona”ga kelganidan buyon raqiblar darvozasiga biror marta ham gol kiritmagan Maskeranoni afsona deya atagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Barselona” muxlislari Maskerano jamoa safida birinchi golini urishida Messidan yordam so‘ragandi.
Izoh: Gollandiyalik himoyachi Mixael Raysiger 1997–2004-yillar davomida “Barselona” klubida 254 ta uchrashuv o‘tkazib, biror marta ham gol kiritmagan.
Izoh (0)