• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Qo‘lingdan kelsa, qillaring!”. Onasining oyog‘ini o‘payotganini suratga olgani uchun tanqid ostida qolgan Farhod Badalov

    Aktyor, rejissor va prodyuser Farhod Badalov onasining oyoqlarini yuvib, o‘pib qo‘yayotgani tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘ldi. Fotosurat 8-mart, seshanba kuni “Shov-shuv.uz” sayti asoschisi Jasur Hamroyev tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘iga ham joylashtirilgan.

    Foto: Facebook / Jasur Hamroyev

    Foto: Facebook / Jasur Hamroyev

    “Aktyor, prodyuser va rejissor Farhod Badalov juda ibratli ishga qo‘l urdi. Respekt! Onani qanchalar sevish va qadrlash mumkin? Bu borada har kimning o‘z javobi bor!”, — deb yozadi suratni tarmoqqa yuklagan Jasur Hamroyev.

    Suratlarda Farhod Badalov onasining oyoqlarini yuvib qo‘yayotgani, o‘pib ham qo‘ygani, shundan so‘ng oyoqlarni sochiq bilan artib qo‘yayotgani tasvirlangan. Surat ostida fikr bildirganlarning bir guruhi Badalovning bu harakatini olqishlagan.

    “Hamma onalarga shunday o‘g‘ilning mehrini ko‘rish nasib etsin”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. “E, yashavoring! Farzand bo‘lsa shunday bo‘lishi kerak”, — deb qo‘shimcha qilgan boshqa bir foydalanuvchi. Yana bir kommentator bu holat “har bir farzandning burchi ekani, yoshlar o‘rnak olishi kerakligi”ni ta’kidlagan.

    Ayni vaqtda, bir qator foydalanuvchilar suratdagi holatni emas, balki bu suratning e’lon qilinishini keskin tanqid ostiga olgan, suratning omma e’tiboriga havola etilishini Farhod Badalovning piari, reklamasi deb baholagan.

    “Sharmanda... Bunaqa ish qachondan beri shov-shuv bilan qo‘l uriladigan noyob narsa bo‘lib qoldi? ‘Onajon, bundoq turing, shu joyini rasmga olvolay’, deyishni o‘zi sharmandalik. Atrofimda qarib qolgan onasining boshqa zaruratlarini hech malol olmay, ovoza qilmay qilayotgan o‘g‘illar bor. Qiladi-da, ona ham ularni tagligini almashtirayotganida rasmga olib, simyog‘ochga qoqmagan-ku! Shunchaki sharmanda”, — deb yozadi bir foydalanuvchi.

    “Bu yaxshiku-ya, lekin hammaga ko‘z-ko‘z qilinadigan narsa emas”, — deb yozadi yana bir foydalanuvchi. Boshqa biri esa: “Piar, riyodan boshqa narsani ko‘rmayapman”, — deb fikr bildirgan. Salbiy ruhdagi kommentlar ketma-ketligidan so‘ng, muhokamalarga post muallifi Jasur Hamroyev hamda Farhod Badalovning o‘zi ham qo‘shilgan.

    Xususan, foydalanuvchining: “Bu suratda piar, riyodan boshqa narsani ko‘rmayapman”, — degan kommentiga, Badalov: “Buni ko‘rish uchun rostakasim ko‘z kerak”, — deb fikr bildirgan. Boshqa bir foydalanuvchining: “Qo‘lidagi qimmatbaho soat o‘rniga onaning oyog‘i ostiga yaxshiroq gilam to‘shasa bo‘larmidi”, — degan gapiga, Badalov: “Senga nima? Sen 15 qavat gilamga o‘tqazib, shunday qil, qoyil qolaman. Lekin kovlamayman. Bu palos shu yerdagi ayrim odamlardan qimmat — men uchun ham, onam uchun ham”, — deb javob bergan.

    Yana bir foydalanuvchining: “Sho‘rlik ona”, — deb qoldirgan izohiga, Badalov shunday javob yozgan: “Hoy, aqlli! Bu mening jannatim onam. Senda bo‘lsa kerak sho‘rlik ona. Agar bu dunyoda ona kimligini bilsang, onamga til tekkizma”, — deb javob bergan. Bunga javoban, “Sho‘rlik ona” deb izoh yozgan foydalanuvchi Badalovga maslahat bergan: “Ona kimligini har holda sendan ko‘ra yaxshiroq bilaman. Sening riyokorliging sababidan shu ahvolga tushib o‘tiribdilar. Undan ko‘ra post yozganga ayt, o‘chirib tashlasin”.

    Suratga nisbatan: “Ahmoqona!”, — deb komment qoldirgan foydalanuvchiga javoban, Badalov shunday degan: “Mening o‘rnimga o‘zingni, onamning o‘rnilariga onanglarni qo‘yib, yaxshilab o‘ylab ko‘r, birodar”.

    Skrinshot: Facebook / Jasur Hamroyev

    Skrinshot: Facebook / Jasur Hamroyev

    “Hayvonga qanchalar bermagin ta’lim, it bo‘lur, eshak bo‘lur, aslo bo‘lmas odamiy, degan ekan bobomiz Mir Alisher Navoiy. Piarmi, boshqami, qo‘limdan keldi, qildim. Bu birinchisi ham emas. Qo‘lingdan kelsa, qillaring. Yoqmasa, indamay o‘tkazvorish mumkin. Gap egasini topadi”, — deya alohida komment yozib qoldirgan Farhod Badalov.

    Farhod Badalov. Foto: “Odnoklassniki”

    Farhod Badalov. Foto: “Odnoklassniki”

    Ma’lumot uchun, Farhod Badalov aktyor sifatida bir qator filmlarda, shuningdek, ko‘plab kliplarda suratga tushgan. Rejissor va prodyusser sifatida bir necha konsert dasturlarini tashkil etgan, videokliplar tayyorlagan.

    09.03.2016, 11:51   Izoh (0)   75739
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avstriyalik mashhur dirijor Nikolaus Arnonkur vafot etdi

    06.03.2016, 22:42

    Aktyor Armen Jigarxanyanning holati og‘ir ekanligi haqidagi xabarlar inkor etildi

    06.03.2016, 20:15

    Ramzan Qodirov Ruslan Chagayev sharafiga o‘tkazilgan ziyofatda qo‘shiq kuylagan Yulduz Usmonovani olqishladi (video)

    05.03.2016, 12:29

    “Yulduzlar jangi” filmidagi R2-D2 roboti yaratuvchisi olamdan o‘tdi

    05.03.2016, 09:46

    Sharqshunoslik institutida Lola Yo‘ldosheva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi (foto)

    05.03.2016, 09:35

    Qatar kompaniyasi Miramax kinostudiyasini sotib oldi

    03.03.2016, 12:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Koreyalik olimlar qarish kasallik ekanini aniqladi va uni sekinlashtirish mumkinligini aytmoqda

    Salomatlik | 11 avgust, 18:45

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 11 avgust, 18:00

    O‘zbekiston 6 oyda 1 824 tonna muzqaymoq import qildi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 18:30

    Buyuk Britaniyada 70 yoshdan oshgan haydovchilarga rulga o‘tirish taqiqlanishi mumkin

    Dunyo | 11 avgust, 18:15

    “Liverpul” “Barselona” futbolchisi uchun 60 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 11 avgust, 17:55

    Xitoyda 90 yoshli ona o‘g‘lini sudda shaxsan himoya qilish uchun qonunchilikni o‘rgandi

    Layfstayl | 11 avgust, 17:53

    Putin qurshovida Ukrainadagi urushni tugatish tarafdori paydo bo‘ldi — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 17:25

    Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:11

    “Rasmingni qo‘yib ham kaltaklayveradi, qayoqqa qochasan?” — Zoir Mirzayev OAVdan qochayotgan hokimlar haqida

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.