AQSh ma’muriyati Isroildagi terakt natijasida amerikalik fuqaroning halok bo‘lganligini tasdiqladi. AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbining 8-mart kuni ma’lum qilishicha, teraktda o‘ldirilgan odamning ismi Teyor Allen Fors bo‘lgan. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Diplomat halok bo‘lgan odam haqida boshqa ma’lumotlarni keltirmasdan, hujum oqibatida yana ko‘plab boshqa odamlar ham jabrlanganligini ta’kidlab o‘tgan.
“Biz Yaffa, Petax-Tikva va Quddusdagi terrorchilik hujumlarini qat’iy qoralaymiz. Terrorchilikni sira oqlab bo‘lmaydi”, — deb ta’kidladi Kirbi.
Avvalroq 8-mart kuni Isroil politsiyasi Yaffada falastinlik tomonidan sovuq qurol yordamida uyushtirilgan teraktda amerikalik sayyoh o‘ldirilganligini ma’lum qilgan edi. Hujum oqibatida yana o‘n kishi yaralangan. Terrorchi politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirilgan.
Bundan tashqari, Quddus va Petax-Tikva shaharlarida 3 nafar isroillik falastinliklar tomonidan yaralangan.
Izoh (0)