Ar-Riyodda shakllantirilgan muzokaralar bo‘yicha Suriya oliy qo‘mitasi vakili Riyod Na’son Og‘a muxolif tashkilot a’zolari BMT tomonidan Jenevada tashkil etiladigan Suriya hukumati va muxolifati o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligiga asoslanib, “Gazeta.ru” yozmoqda.
Uning ta’kidlashicha, muzokaralar chog‘ida siyosiy o‘tish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, Na’son Og‘a Suriya hukumati va uning tarafdorlari tomonidan tinchlik sulhini buzish holatlari oxirgi ikki kunda kamayganini e’tirof etdi.
Izoh (0)