Polshalik Pyetrusha ismli 1 yoshli bolakay ko‘z shishi xastaligiga chalingan. Buni da’volash uchun esa katta mablag‘ talab etiladi. Grifino shahrida yashaydigan bolalar Pyetrushaga yordam berish uchun video orqali “Real” klubiga murojaat qilgan.
Videomurojaatda ta’kidlanishicha, Pyetrushaning operatsiyasi uchun 1,5 million zlotiy (taxminan 380 ming AQSh dollari) kerak bo‘ladi.
Madrid klubi ushbu murojaatga befarq bo‘lmadi va unga javob qaytardi. Jamoaning bir necha a’zosi polyak tilida Pyetrushani taslim bo‘lmaslikka va ota-onasi bilan “Real” o‘yinlaridan biriga tashrif buyurishga chaqirgan.
Izoh (0)