“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Selta”ga qarshi (7:1) Ispaniya chempionati 28-turida poker muallifi bo‘lgandi. Uchrashuv yakuniga yetgach, portugaliyalik futbolchi 80 yoshli Agustin Erreringa o‘yinning to‘pini esdalik uchun hadya qildi. Agustin Errerin, kim o‘zi u?
“Sports.ru” blogeri Pavel Grebnyov Agustin Errerin haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
Agustin Errerin 1974-yildan buyon “Real” klubiga tegishli “Santyago Bernabeu” stadionida tartibni nazorat qilib keladi. Krishtianu Ronalduning 80 yoshli Agustin bilan munosabatlari o‘zgacha. Hujumchi uni o‘z buvasidek ko‘radi.
Portugaliyalik futbolchi erishgan barcha natija, yutuq va muvaffaqiyatini u bilan baham ko‘radi.
2009-yilda Krishtianu Ronaldu Madrid klubi a’zosiga aylanganida, uning taqdimot marosimini ko‘rish uchun “Santyago Bernabeu” stadioniga 85 ming muxlis yig‘ilgandi. O‘shanda Agustin Errerin portugaliyalik futbolchiga hayajonlanmaslikni aytib, uni qo‘llab-quvvatlagan.
Izoh (0)