AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi, quvg‘indagi Edvard Snouden 7-mart, dushanba kuni Norvegiyaning PEN-klubi mukofoti laureati deb e’lon qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Edvard Snouden — zamonamizning Osetskiysidir, — deyiladi xabarda. — Snouden davlatlar tomonidan o‘z fuqarolari va boshqa davlatlarga nisbatan qo‘llangan keng miqyosli xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlarini kuzatish va ayg‘oqchilik tizimining mavjudligi bilan bog‘liq faktni oshkor qildi... Bu mukofot u ko‘rsatgan jasoratning e’tirofidir”.
Karl fon Osetskiy nomli mukofot Norvegiya PEN-klubi tarafidan 1994-yilda ta’sis etilgan. Karl fon Osetskiy mashhur aksilfashist hamda Gitler rejimining tanqidchisi bo‘lib, buning uchun 1935-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)