AQSh oliy sudi Apple korporatsiyasi 2014-yili chiqarilgan hukm bo‘yicha aldangan xaridorlarga 450 million dollar miqdorida tovon to‘lab berishi haqida qaror chiqardi, deb xabar beradi “Hi-Tech Mail.ru”.
Apple AQShning beshta eng yirik nashriyotlari bilan narx-navo borasida til biriktirgan, buning natijasida korporatsiyaning onlayn do‘konida taqdim etilgan barcha elektron kitoblarning narxlari bir xil qilib belgilangan. Bunday narx-navo siyosatidan zarar ko‘rgan iste’molchilar sudga murojaat qilgan.
Birinchi sud Apple foydasiga hal bo‘lmadi. Birinchi sud qaroridan qoniqmagan kompaniya vakillari apellyatsiyaga berdi, ammo unda ham yutqazdi.
7-mart kuni AQSh oliy sudi kompaniyadan tovon undirilishini belgilab berdi. 400 million dollar badal sifatida xaridorlarga, 30 million dollar yuristlarga, 20 million dollar esa boj tarzida AQSh hukumatiga beriladi.
Izoh (0)