6-mart, yakshanba kuni Misr va Fransiya Ramses—2016 nomli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Misr armiyasi bayonotiga tayanib, “TASS” agentligining xabar berishicha, kemalar va harbiy aviatsiya manyovrlari mamlakatning shimoliy poytaxti — Iskandariya shahri qirg‘og‘i yaqinida o‘tkazilmoqda.
Mashg‘ulotlarda yaqinda Fransiya tomonidan Misrga yetkazib berilgan FREMM toifali ko‘p maqsadli fregat hamda Fransiya floti flagmani, Charles de Gaulle aviatashuvchisi ishtirok etmoqda.
Harbiy o‘quvlar bir necha kun davom etadi. Mashg‘ulotlardan oldin G‘arb davlatlari Misr bilan qo‘shni Liviyada radikal guruhlarga qarshi harbiy operatsiya boshlashi mumkinligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)