O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 2015-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yaxshi hakami deb topildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ravshan Ermatov 2015-yil davomida O‘zbekiston chempionati va Kubogi bahslarida, shuningdek, xalqaro miqyosdagi Osiyo Chempionlar Ligasi final bosqichi va JCh–2018 saralash bahslarida bir qator uchrashuvlarni boshqardi. Jumladan, Ermatov “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) hamda “Al-Ahli” (BAA) klublari o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi–2015 finalining javob uchrashuvida hakamlik qildi.
Qayd etish joiz, Ravshan Ermatov ushbu sovrinni faoliyati davomida ketma-ket o‘ninchi marotaba qo‘lga kiritmoqda.
O‘zbekistonlik FIFA laynsmeni Abduhamidillo Rasulov esa 2015-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yaxshi qanot hakami sifatida e’tirof etildi. Abduhamidillo Rasulov Ravshan Ermatov boshqchiligidagi hakamlar guruhi a’zosi sifatida O‘zbekiston chempionati va xalqaro miqyosdagi bir qator musobaqalarda muvaffaqiyatli ishladi.
Mavzuga doir:
Odil Ahmedov 2015-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Samvel Babayan O‘zbekistonning 2015-yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Igor Sergeyev 2015-yilgi O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi
Artur Gevorkyan 2015-yilgi O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Izoh (0)