Tailand shimoli-sharqidagi Kalasin provinsiyasida maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobusning 4-mart, juma kuni YTHga uchrashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 45 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib,“TASS” xabar beradi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, tepalikdan tushishda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan. Katta tezlikda harakatlanayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan.
Bir nafar o‘quvchi va o‘quvchilarni ekskursiyaga olib borayotgan o‘qituvchi halok bo‘lgan. Yaralanganlar yaqin atrofda joylashgan shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)