Anxel Mariya Vilyar boshchiligidagi Ispaniya futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyligiga nomzodlar izlashda davom etmoqda, deya xabar qiladi “Chempionat”.
“Qizil furiya”ning amaldagi bosh murabbiyi Visente del Boske Yevro—2016 musobaqasidan so‘ng iste’foga chiqishini aytib o‘tgandi. Ayni damda uning o‘rniga Xoakin Kaparros asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
60 yoshli Xoakin Kaparros faoliyati davomida “Malyorka”, “Levante”, “Atletik”, “Vilyarreal”, “Sevilya” va “Deportivo” klublarida ishlagan.
Qayd etish joizki, Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Anxel Mariya Vilyar del Boskeni terma jamoada qolishiga ko‘ndirmoqchi, lekin 65 yoshli mutaxassis qarori qat’iy ekanligini aytgan. O‘z navbatida, Xoakin Kaparros “Malaga”, “Espanyol” va “Valensiya” klublaridan kelgan takliflarni rad etgan.
Ispaniya futbol federatsiyasi terma jamoani boshqa hech qayerda ishlamaydigan ispaniyalik mutaxassis boshqarishi shart deb hisoblamoqda.
Izoh (0)