Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoylik fermer o‘z yeridan 459 kilogramm qadimiy tanga topdi. Ekspertlar ularning milodiy I asr, imperator Van Man hukmronligi davrida (9—23-yillar) zarb etilganini taxmin qilmoqda. Bu haqda The South China Morning Post xabar berdi.

Foto: “Nasha planeta”

Foto: “Nasha planeta”

Familiyasi Chjan ekanligi aytilayotgan erkak osori-atiqalarni Shensi viloyatining Sinpin shahri yaqinida yangi uy uchun maydon tayyorlayotganida, chuqurligi 50, eni esa 60 santimetr bo‘lgan chuqurlikdan topgan. Fermer uning oilasi 1980-yilda ham shunga o‘xshash 80 kilogramm tanga topgani va ularni oddiy mis bahosida sotib yuborganini tan oldi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, topilmalarning tarixiy qimmati aniqlangandan so‘ng davlat muzeylariga topshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda