2015-yil noyabrida Braziliya janubi-g‘arbida to‘g‘onlarning buzilishiga sababchi bo‘lgan Samarco kompaniyasi keltirilgan zararni qoplash uchun mamlakat hukumati bilan erishilgan kelishuv doirasida 20 milliard real (5 milliard dollar) tovon puli to‘laydi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tovonning 1 milliard dollarlik qismi yaqin uch yil ichida, qolgani esa 2031-yilga qadar to‘lanadi. Kelishuv 2-mart, chorshanba kuni imzolanadi.
2015-yilning 5-noyabrida metallurgiya sanoati chiqindilari tashlanadigan suvni tutib turuvchi ikki to‘g‘on buzildi. Buning oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, 600 kishi yashaydigan hudud suv ostida qolib ketdi. Bunga yo‘l qo‘ygan kompaniyaga qarshi 20 milliard reallik da’vo arizasi tayyornalayotgani haqida noyabr oyining oxirida xabar qilingan edi.
Izoh (0)