Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Braziliya huquqni himoya qilish organlari Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Lotin Amerikasidagi bo‘linmasi vitse-prezidenti Diyego Dsodanni sud buyrug‘ini bajarishdan bosh tortgani uchun hibsga oldi, deya xabar bermoqda “TASS” federal politsiya matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: AP

Foto: AP

Avvalroq sud Facebook’ka kompaniyaga tegishli WhatsApp messenjeri orqali yuborilgan xabarlarni o‘qish imkoniyatini politsiyaga taqdim etish majburiyatini yuklagan edi. Huquq-tartibot organlari ma’lum qilishicha, ushbu axborot narkotiklarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq ishni tekshirish uchun zarur.

Nashr eslatishicha, o‘tgan yil dekabrida Braziliya sudi WhatsApp egalari mamlakat politsiyasi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun ushbu mobil dasturni bloklab qo‘ygan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)