Madridning “Real” jamoasi prezidenti Florentino Peres Ispaniyada omadsizlik va klubni malakasiz boshqarish ramziga aylandi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Qirollik klubi”ning aksariyat muxlislari Peresning olib borayotgan ishidan norozi bo‘lib iste’fosini so‘rasa, “Atletiko” muxlislari uning o‘z lavozimida qolishini va jamoaning omadsizligi davom etishini xohlayapti. Bunga Ispaniya chempionati 27-turidan o‘rin olgan “Atletiko” – “Real Sosyedad” o‘yinida (3:0) “matraschilar” muxlislarining “Florentino, qol” deb hayqirib, uni mazax qilgani misol bo‘la oladi.
Primeraning 26-turida “Atletiko” “Real” maydonida 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Qayd etish joiz, 2016-yilning 5-yanvar kuni Florentino Peres “Real” bosh murabbiyligidan Rafael Benitesni ozod qilib, uning o‘rniga Zinedin Zidanni tayinlagan edi.
Ayni damda “Real” 54 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni band qilib turibdi. “Atletiko” hozirda “Real”dan 7 ochko oldinda bormoqda.
Izoh (0)