Yer sayyorasi yaqinidan 2-martga o‘tar kechasi yirik hajmdagi asteroid uchib o‘tdi. “RIA Novosti” agentligining Xalqaro astronomik ittifoq qoshidagi Mitti sayyoralar markaziga asoslanib xabar qilishicha, u Yerdan 10,6 million kilometr olisdan uchib o‘tgan.
Atira asteroidlari toifasiga kiruvchi bu asteroid 2015-yil martida Pan-STARRS 1 observatoriyasida kashf etilgan edi. Unga DR 2015 indeksi berilgan.
Olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, o‘ta xavfli asteroid hisoblanuvchi bu osmon jismi hajmi 180 metrdan 570 metrgacha bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)