Suriya va Iroqdagi turli guruhlar safida 300 nafargacha chechenistonlik bo‘lishi mumkin. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya va Iroqda Rossiya va Yevropa davlatlari fuqarosi bo‘lgan 250—300 chechen bo‘lishi mumkin. Ularning qaysi guruhlarga mansub ekanligini aytish qiyin. Bizni birinchi galda IShID safida jang qilayotganlar qiziqtiradi”, — deya ta’kidlagan Qodirov.
Checheniston rahbari fikriga ko‘ra, Suriya va Iroqda bo‘lgan Rossiyaning hech bir fuqarosi maxsus xizmatlar nazaridan chetda qolmasligi zarur.
“Harbiy xizmat yoki ichki ishlar tizimlariga aloqasi bo‘lmagan ko‘ngillilarimiz hayotini xavf ostiga qo‘yib, turli guruhlar yetakchilari deb atash mumkin bo‘lganlarni kuzatib bormoqda. Ularning bu kimsalar bilan shaxsiy hisob-kitoblari bor va jangarilar qayerda yashirinishga urinmasin, ertami-kechmi, qilmishlariga yarasha jazolanadi”, — deya ma’lum qilgan Qodirov.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)