Bugun, 29-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Renat Bayramov oilasiga oid noxush xabar tarqaldi, deb yozadi “Championat.asia”.
Renatning ota-onasi Gabibat va Kudjat Bayramovlar nomidan ularning yaqin do‘stlari quyidagi xabarni ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan:
“Hurmatli hamshaharlar! Do‘stlarimiz Gabibat va Kudjat Bayramovlarni yaxshi taniysizlar. Ularning katta nabiralari Imronga (Renatning o‘g‘li) miya saratoni tashxisi qo‘yildi. Operatsiya uchun pul kerak. Zarafshon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, ‘Qizilqum’, ‘Paxtakor’ va ‘Navbahor’ safida o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan futbolchi ayni paytda yordamga muhtoj.
Xabarni yozishni hech kim bizdan iltimos qilgani yo‘q. Shunchaki, o‘z paytida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida to‘p tepgan futbolchi uchun yordam berishimiz kerak degan fikrga keldik”, — deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, tez kunlarda Imron Bayramovga atab o‘tkaziladigan aksiya haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Izoh (0)