“Yagona Rossiya” (“Yedinaya Rossiya”) partiyasining Kaliningraddagi faollari bilan uchrashuv chog‘ida mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev, fasldan qat’iy nazar, har kuni velosipedda aylanishga harakat qilishini tan oldi. Uning so‘zlarini TJournal keltirdi.
“Men har kuni ertalabdan velosipedda aylanishni yaxshi ko‘raman, hatto qishda ham. Menda maxsus velosiped bor, unda tishli qoplama bor, ya’ni u bilan muzdan ham o‘tish mumkin”, – deb ta’kidladi bosh vazir.
“Velosiped – dam olish, sport va turizmni rivojlantirishning eng oson shakllaridan biri bo‘lib, u dunyoda juda mashhurdir. Sizlardagi Kursh tilida ham nimadir qilsa bo‘ladi”, – dedi hukumat rahbari Kaliningradda velosiped yo‘li qurilishini nazarda tutib.
Izoh (0)