Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Riganing Kurzem tuman sudi Latviya fuqarosi Maksim Koptelovni mamlakatning Rossiya tarkibiga kirishi uchun imzo to‘plagani sababli 6 oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Ayblanuvchining advokati Ilona Bulgakovaning aytishicha, hukm ustidan shikoyat qilinadi, chunki bu “Latviya uchun sharmandalik” hisoblanadi. Sud himoya ko‘rsatib o‘tgan petitsiya yakuniga e’tibor bermagan, unda esa “hujjat ahamiyatga ega emasligi va hazil ekanligi” bildirilgan.

Koptelov 2014-yil 8-mart kuni jamoatchilik petitsiyalari saytida Latviyaning Rossiyaga qo‘shilishi uchun imzolar to‘play boshlagan. O‘z murojaatida u agar Latviya Rossiya tarkibiga kirsa, “mamlakat fuqarolarini Yevroittifoqda bo‘lgandan ko‘ra yorqin kelajak kutayotganligi”ni ma’lum qilgan. 26-fevral kuniga kelib mazkur petitsiya 7392 ta imzo yiqqan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi: so‘nggi sutkada 141 kishida kasallik qayd etildi
Dunyo
Alibaba asoschisi Jek Ma Xitoyni tark etgani ma’lum bo‘ldi