AQSh Harbiy-havo kuchlari joriy haftada ikkinchi marta “Minitmen-3” qit’alararo ballistik raketasi sinovini o‘tkazdi. Bu haqda, AP agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Raketa Kaliforniya shtatidagi “Vandenberg” aviabazasidan uchirilgan. U 6,5 ming kilometr uchib, Kvajaleyn marjon oroli yaqinidagi poligonga tushgan.Strategik raketa uchirilishida qatnashgan AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Robert Uork sinov strategik raqiblar – Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreyaga Vashingtonda ham samarador yadroviy qurol borligi haqida o‘ziga xos xabar ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
“Biz bu ishni shuning uchun qildik, – tushuntirdi amaldor. – Biz, ruslar va xitoyliklar o‘zimizdagi raketalar qay darajada ishonchliligini tekshirish uchun muntazam ravishda shunday sinovlar o‘tkazib turamiz. Bu, zarur bo‘lganda, davlatimiz himoyasi uchun yadroviy qurol ishlatishga hozirligimiz haqidagi signal hamdir”.
Izoh (0)