Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘ida 26—28-fevral kunlari “Chimyon-Ekstrim 2016” qishki sport turlari festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar beradi.
Joriy yilda slalom, border-kross va ski-kross formatidagi chang‘ichi va snoubordchilarning musobaqalari, Big Bear Freestyle ko‘rgazmali chiqishlari va paraplanchilarning chiqishlari festivalga kiritilgan.
O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Qishki sport turlari assotsiatsiyasi hamda Qishki va texnik murakkab sport turlari bo‘yicha oliy sport mahorati maktabi mazkur festivalni tashkil etmoqda.
Izoh (0)