Moskva viloyatida istiqomat qiladigan erkak Rossiya prezidenti bilan suhbat qurish uchun Kreml hududiga kirishga harakat qilganidan so‘ng ruhiy xastaliklar shifoxonasiga olib ketildi. Bu haqda, huquq-tartibot organlari ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Aytilishicha, 23-fevral kechasi Borovitskiy minorasi darvozasi oldida politsiya xodimlari bir erkakni to‘xtatgan. U Vladimir Putinga o‘ta maxfiy axborot yetkazish uchun Kremlga kirishi zarurligini aytgan.
Nomi keltirilmagan shaxs dastlab politsiya idorasiga yetkazilgan, so‘ng bu yerga tibbiyot xodimlari ham chaqirilgan. Aniqlanishicha, Aprelevka shahrida yashovchi 26 yoshli erkak bolaligidan 3-guruh nogironi bo‘lib, ruhiy xastalikka chalingan.
Tibbiy ko‘rikdan so‘ng bemor Moskva viloyati markaziy klinik psixiatriya shifoxonasiga yotqizilgan.
Izoh (0)