Turkiyalik mutaxassislar Anqaradagi teraktni ijro etgan ekstremistning shaxsini aniqladi. “Korrespondent.net” nashrining Hürriyet gazetasiga tayanib ma’lum qilishicha, terrorchi Turkiya fuqarosi Abdulboqi Somer bo‘lgan.
Fuqaro Muso Somer terrorchining OAVda chop etilgan suratlarini ko‘zdan kechirib, u o‘zining farzandi ekanligini bilgan va tegishli tashkilotlarga xabar bergan. DNK tekshiruvi buni tasdiqlagan.
Somer terrorchi tashkilotga 16 yoshligida, 2005-yilda qo‘shilgan.
Minalashtirilgan mashinaning portlashi 17-fevral, chorshanba kuni Anqara markazidagi gavjum chorrahada, parlament, bosh shtab va harbiylar yotoqxonasi yaqinida sodir etildi. Terakt harbiylarni olib ketayotgan transport kolonnasi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turganida ro‘y bergan. Buning oqibatida 28 kishi nobud bo‘lgan, 61 kishi turli darajada jarohat olgan.
Izoh (0)