Yaponiyaning Japan Airlines (JAL) aviakompaniyasiga tegishli samolyot bugun, 23-fevral kuni dvigatelining yonib ketishi tufayli Xokkaydo orolidagi bosh aeroport Sin-Titosedan Fukuoka shahriga ucha olmadi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, Boeing-737 bortidagi 165 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari jabrlanmagan. Ularning barchasi avariya holatida chiqish yo‘laklari orqali evakuatsiya qilingan.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar hodisa oqibatlarini bartaraf qildi.
Samolyot uchish yo‘lagiga qarab harakatlanayotganda uning o‘ng dvigateli yona boshlagan.
Izoh (0)