Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Boku shahrida o‘tkazilgan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Sports.uz”.
O‘zbekistonlik gimnastikachi tayanib sakrash yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kumush medal sloveniyalik Tyasa Kissulefga nasib etgan bo‘lsa, avstraliyalik Liza Iker bronza medaliga ega bo‘ldi.
Nashrning yozishicha, endilikda Chusovitina aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada saralash bosqichida olimpiya o‘yinlari litsenziyasini beruvchi so‘nggi turnirga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Oksana Chusovitina AQShning Xyuston shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha kechgan Gran-pri turnirida ikkita medalga sazovor bo‘lgandi.
Izoh (0)