“Barselona” hamda “Sevilya” klublari o‘rtasidagi Ispaniya kubogi musobaqasining final o‘yini 22-may kuni Madrid shahridagi “Visente Kalderon” stadionida bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Uff.uz”.
Bu qarorni Ispaniya futbol federatsiyasi qabul qildi. Ushbu o‘yingohda odatda “Atletiko” uy uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Aslida, “Barselona” o‘yinni “Santyago Bernabeu”da o‘tkazishni xohlayotgandi, ammo 21-may kuni “Qirollik klubi” stadionida qo‘shiqchi Bryus Springstin katta konsert beradi.
Nashr ta’kidlashicha, “Visente Kalderon” stadioni 52 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
Izoh (0)