Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dasturchilari obyektlar tasvirini identifikatsiyalash dasturi – UZ’ni ishlab chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi sayti orqali xabar qilindi.
Mualliflar jamoasi – Muxitdinov Xakim, Turapov Ulugbek, Mallayev Oybek, Nurjanov Furkatbek va Abdukarimov Sirojiddinga dastur uchun № DGU 03428 raqamli guvohnoma berildi.
Dastur solishtirilayotgan obyektlar tasvirini tanib olish va ularning o‘xshashligini aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ichki ishlar organlari va maxsus oliy o‘quv muassasalarida qo‘llaniladi. Dasturning ma’lumotlar bazasidan tasvirning identifikatsiya belgilarini aniqlash, ularni kuzatilayotgan obyekt bilan solishtirishni va o‘xshashligini aniqlash, tasvir ichidagi obyektning identifikatsiya belgilarini tanib olish va hatto bir nuqtani aniqlash yo‘li bilan topishdan iborat.
Ta’kidlanishicha, tasvir o‘xshashligini aniqlash ehtimoli 100 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, dasturning obyektdagi berilgan aniq belgilarni va tasvirlarni solishtirishni normallashtirish kabi funksional imkoniyatlari mavjud.
Izoh (0)