Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakat shimolidagi tinch aholining o‘limi uchun AQSh javobgar ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u El Pais gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Asadning so‘zlariga qaraganda, Rossiya aviatsiyasi fuqarolik obyektlarini bombardimon qilganligini isbotlovchi dalillar yo‘q.
U, shuningdek, Rossiya aniq zarbalar berayotganligini va Rossiya ishtirokida tinch aholi bilan bog‘liq birorta ham noxush hodisa qayd etilmaganligini ma’lum qildi.
“Suriya shimolidagi ko‘plab tinch aholi vakillarini amerikaliklar o‘ldirdi”, — deb ta’kidladi Asad.
Izoh (0)