AQSh prezidenti Barak Obama KXDRda o‘tkazilgan yadroviy qurol sinovlari munosabati bilan ushbu davlatga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilishni nazarda tutadigan qonun loyihasini tasdiqladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru” Reuters agentligiga tayanib.
AQSh Senatining tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Bob Korkerning so‘zlariga qaraganda, qonun loyihasi doirasida Shimoliy Koreya hamda uning yadroviy dasturiga ko‘maklashayotgan korxonalarga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilinadi.
Shuningdek, AQSh ma’muriyati Shimoliy Koreya bilan hamkorlikda gumonlanayotgan Amerika va xorij korxonalarini tekshiruvdan o‘tkazadi.
Izoh (0)