Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Londonning Christie’s kimoshdi savdosida “007: Spektr” filmidagi avtomobil 2,4 million funt sterling (taxminan 3,5 million dollar) qiymatida sotildi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.

Foto: Scanpix

Foto: Scanpix

Film qahramoni, britaniyalik maxsus agent Jeyms Bondning  Aston Martin DB10 rusumli avtomobilida 4,7 litr hajmdagi V8 benzinli dvigatel o‘rnatilgan. Mashina soatiga 306 kilometrgacha bo‘lgan tezlikda yura oladi.

2015-yil oktabr oyida jahon ekranlariga chiqqan “007: Spektr” filmi uchun jami o‘n dona DB10 avtomobili ishlab chiqarilgan. Suratga olish jarayonida ularning sakkiztasidan foydalanilgan. Yana ikkita mashina ko‘rgazmalarda namoyish etishga mo‘ljallangan bo‘lib, shundan bittasi kimoshdi savdosida sotildi.

Filmda Jeyms Bond rolini ijro etgan aktyor Deniel Kreyg eksklyuziv avtomobilda o‘zining dastxatini qoldirdi. Lekin, sertifikatlanmaganligi bois DB10 avtomashinasini odatiy yo‘lda boshqarish mumkin emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar