Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Il-96-300-PU(M) rusumli samolyotining ichini bezash ishlari bilan Britaniyaning Diamonite Aircraft Furnishings kompaniyasi shug‘ullangan. Bu ishlar uchun davlat byudjetidan 17 million dollar sarflangan.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, prezident samolyotining umumiy qiymati 45-60 million dollarni tashkil qiladi. Unda prezidentning ish kabineti, yotoqxonasi, vannaxonasi, hojatxona, oshxona, konferens-zal, mehmonlar va kuzatuvchilar uchun xonalar, shuningdek, soqchilar va xizmatchilar uchun bo‘limlar mavjud.
Prezident samolyotining saloni aks etgan fotosuratlarni “CrazyShark.ru” sayti taqdim etdi.
Izoh (0)