Moskvaning “Lokomotiv” klubi Yevropa Ligasi 1/8 finali uchrashuvida Istanbulning “Fenerbaxche” klubiga qarshi maydonga tushib 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda “Uff.uz” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Fenerbaxche” yarim himoyachisi Diego Sozua birinchi bo‘limning 18 va ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasida ikki gol kiritdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.“Lokomotiv” safida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov 90 daqiqa davomida to‘liq ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Shveysariyaning Nyon shahrida Yevropa Ligasining 2015/16-yilgi mavsumi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlangan edi.
Izoh (0)