Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida “Roma” bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv arafasida tashkil qilingan matbuot anjumani chog‘ida jamoadoshlari bilan munosabatlari haqida gapirib berdi, deb yozmoqda “Sovsport.ru” sayti.
“Lionel Messi, Neymar va Luis Suares misolida maydondan tashqaridagi do‘stlik alohida ahamiyatga ega bo‘lishi borasidagi fikrga javoban nima deyishim mumkin? Misol keltiraman. ‘Manchester Yunayted’ tarkibida to‘p surganimda, Rayan Giggz, Rio Ferdinand va Pol Skoulzning do‘sti emas edim, ammo biz Chempionlar Ligasini yutgan hayratlanarli jamoa edik. Men Garret Beyl va Karim Benzema bilan tushlikka bormayman, bu unchalik muhim emas. Futbol maydonida nima qilishing ahamiyatga ega”, – deb ta’kidladi futbolchi.
Ilgariroq xabar qilinganidek, Ronaldu jurnalistlardan birining savolidan ranjib, matbuot anjumanini tark etdi.
Izoh (0)